Asosiy mazmunga o'tish
Sen kuchlisan logo
Sen kuchlisanXayriya jamoat birlashmasi
Sovg'alar
Andijon viloyat bolalar shifoxonasi
15 bolaga yordam berildi

«Orzular qanotida» — Maxsus sovg'alar aksiyasi

Har bir bolaning shaxsiy orzusi (planshet, konstruktor, sevimli kitoblar) xomiylarimiz tomonidan amalga oshirildi.

Bolajonlarimizning yuzidagi quvonch va unutilmas lahzalar

4 ta rasm

Tadbir natijasi va ta'siri

15
Bolalar
9 dona
Planshet & Gadjetlar
6 dona
Konstruktorlar
Andijon
Hudud

Tadbir tafsilotlari va hikoyasi

Navro'z umumxalq bayrami arafasida Andijon viloyat bolalar onkogematologiya bo'limidagi 15 nafar kichkintoyning orzu xatlari to'plandi. Saxovatpesha hamyurtlarimiz yordamida har bir xatdagi istak 100% haqiqatga aylantirildi. Kimdir ta'limiy planshet, kimdir robototexnika konstruktori, yana kimdir sevimli musiqiy asbobini qabul qilib oldi.

Asosiy natijalar

  • 15 nafar og'ir xastalik bilan kurashayotgan bolaning orzusi amalga oshirildi
  • Har bir sovg'a shaxsiy istaklar asosida xarid qilindi
  • Andijon viloyatiga to'g'ridan-to'g'ri yetkazib berildi
  • Ota-onalar va shifokorlar bilan birgalikda bayramona topshirildi

«O'g'lim ancha vaqtdan beri planshet orzu qilardi, kasallik tufayli olib berolmayotgan edik. Bolamning xursandchiligi bizga yangi umid berdi.»

S
Sherzod aka
Bemor bolajonimizning otasi
100% xayriya hisobidan amalga oshirilgan

Keyingi tadbirimizni qo'llab-quvvatlang

Sizning har qanday ehsoningiz yangi bolajonlarga shifo va quvonch ulashishga imkon beradi.

Tashkilotimizning boshqa xayriya loyihalari bilan ham tanishing

Barcha tadbirlarni ko'rish
Hayotiy muhim dori-darmonlar yetkazildi
Dori-darmon
18 bolaga yordam berildi
Samarqand viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi

Hayotiy muhim dori-darmonlar yetkazildi

Samarqanddagi 18 nafar bolaga kimyoterapiya va qo'llab-quvvatlovchi terapiya uchun qimmatbaho dori vositalari to'liq yetkazib berildi.